Valyuta kurslari 18/02/2026
$1 – 12137.86
UZS – -0,44%
€1 – 14379.72
UZS – -0,59%
₽1 – 158.13
UZS – -0,24%
Qidirish
Oʻzbekiston Prezidenti Ramazon oyida muhtojlarga ijtimoiy yordam koʻrsatish choralarini tasdiqladi

Oʻzbekiston Prezidenti Ramazon oyida muhtojlarga ijtimoiy yordam koʻrsatish choralarini tasdiqladi

Oʻzbekiston Prezidenti Ramazon oyida muhtojlarga ijtimoiy yordam koʻrsatish choralarini tasdiqladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Muborak Ramazon oyida ehtiyojmand aholini davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralari to‘g‘risida”gi Preident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, quyidagi toifadagi shaxslarga 1 mln so‘mdan 1 martalik moddiy yordam ko‘rsatiladi:

Ijtimoiy reyestrning “davlat taʼminotidagi oila” toifasidagi oilalarga;

o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning reyestridagi fuqarolarga;

yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar yashayotgan oilalarga.

Ijtimoiy reyestrning “kambag‘al oila” toifasidagi hamda “mahalla yettiligi” tomonidan shakllantirilgan qo‘shimcha ro‘yxatdagi ehtiyojmand oilalarga 500 ming so‘mdan 1 martalik moddiy yordam ko‘rsatiladi.

Ijtimoiy reyestrdagi oilalarning 6 ming nafar bemor aʼzolarining davolanishi va jarrohlik amaliyotini o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlari qoplab beriladi.

2026 yil 1 martga qadar Ro‘yxat asosida oilalarning ijtimoiy karta yoki bank plastik kartalariga bir martalik moddiy yordam o‘tkazib beriladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling