Valyuta kurslari 05/12/2025
$1 – 11963.23
UZS – 0,43%
€1 – 13970.66
UZS – 0,7%
₽1 – 155.35
UZS – 1,28%
Qidirish
Oʻzbekiston Prezidenti Ozarbayjon Respublikasi delegatsiyasini qabul qildi

Oʻzbekiston Prezidenti Ozarbayjon Respublikasi delegatsiyasini qabul qildi

Oʻzbekiston Prezidenti Ozarbayjon Respublikasi delegatsiyasini qabul qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi energetika vaziri Parviz Shahbozovni qabul qildi.

Uchrashuv avvalida yuqori martabali mehmon davlatimiz rahbariga Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning samimiy salomi va iliq tilaklarini yetkazdi.

Oʻzbekiston – Ozarbayjon strategik sherikligi va ittifoqchiligini yanada kengaytirish va chuqurlashtirish masalalari muhokama qilindi.

Barcha darajalardagi aloqalar faol ekani, tovar ayirboshlash barqaror oʻsayotgani va energetika sohasida muvaffaqiyatli hamkorlik qilinayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Neft va gaz sohasi, geologiya-qidiruv ishlari, “yashil” energiyani rivojlantirish hamda kimyo sanoatida qoʻshma loyihalarni ilgari surish muhimligi taʼkidlandi.

#Shavkat Mirziyoyev  
Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling