Oʻzbekiston Prezidenti “HRL Group” kompaniyasi raisi bilan uchrashdi
Oʻzbekiston Prezidenti “HRL Group” kompaniyasi raisi bilan uchrashdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Islomobod shahrida boʻlib oʻtayotgan Oʻzbekiston – Pokiston biznes forumi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “HRL Group” kompaniyasi raisi Zohid Rafiq bilan uchrashdi.
Kompaniyalar guruhi qurilish, togʻ-kon sanoati va energetika sohalarida faoliyat yurituvchi eng yirik korxonalar sirasiga kiradi.
Oʻzbekiston tajribasini qoʻllagan holda Pokistondagi mis, oltin va oʻta muhim minerallar konlarida birgalikda geologiya-qidiruv ishlarini olib borish istiqbollari muhokama qilindi.
Mamlakatimiz yetakchisi kompaniya rahbarining Pokiston poytaxtida Imom Buxoriy majmuasi va Samarqandda mehmonxona qurish tashabbuslarini olqishladi.
#Shavkat Mirziyoyev