Valyuta kurslari 04/03/2026
$1 – 12209.86
UZS – 0,16%
€1 – 14170.76
UZS – -0,93%
₽1 – 157.53
UZS – 0,03%
Qidirish
Oʻzbekiston Prezidenti BAA Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi

Oʻzbekiston Prezidenti BAA Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi

Oʻzbekiston Prezidenti BAA Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 4-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan telefon orqali muloqoti boʻlib oʻtdi.

Tomonlar oxirgi kunlarda Yaqin Sharq mintaqasidagi vaziyat tobora keskinlashib, nizo va ziddiyatlar avj olayotgani qattiq tashvishga solayotganini qayd etdi.

Muqaddas Ramazon oyida roʻy berayotgan bunday noxush holatlar xalqaro huquq tamoyillariga zid ekanligi hamda tinchlik-osoyishtalikka tahdid solayotgan har qanday harakatlarni zudlik bilan toʻxtatish zarurligi taʼkidlandi.

Davlatimiz rahbari ushbu murakkab damlarda Oʻzbekistonning strategik sherigi va yaqin hamkori boʻlgan Birlashgan Arab Amirliklari Rahbariyati va xalqi bilan birdam va yakdil ekanini bildirdi.

Hozirda ushbu mamlakatda boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolariga koʻrsatilayotgan amaliy koʻmak, ularni Vataniga qaytarish boʻyicha olib borilayotgan choralar uchun alohida tashakkur izhor etdi.

Oʻz navbatida Amirliklar yetakchisi ushbu sinovli damlarda Oʻzbekiston Prezidentining samimiy qoʻllab-quvvatlagani, koʻrsatayotgan birodarlik hurmati va hamjihatlik ruhi uchun chuqur minnatdorlik bildirdi.

#Shavkat Mirziyoyev  

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling