Valyuta kurslari 25/02/2026
$1 – 12187.68
UZS – -0,4%
€1 – 14366.84
UZS – -0,51%
₽1 – 159.09
UZS – -0,01%
Qidirish
Oʻzbekiston olimlari soyaning uchta yangi navini yaratdilar

Oʻzbekiston olimlari soyaning uchta yangi navini yaratdilar

Oʻzbekiston olimlari soyaning uchta yangi navini yaratdilar

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti olimlari tomonidan “Marjon” hamda Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti olimlari tomonidan “Vodiy jilosi”, “Oltin vodiy” nomli soya navlari Adliya vazirligining Seleksiya yutuqlari davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Soya tarkibida 45 foizgacha oqsil va 25 foizgacha o‘simlik moyi mavjud. Soya oqsili tarkibidagi aminokislotalar mutanosibligi bo‘yicha go‘sht va sut mahsulotlariga juda yaqin turadi.

Shu sababli dunyo bo‘ylab uni haqli ravishda "o‘simlik go‘shti" deb atashadi. Undan nafaqat ekologik toza moy va letsitinga boy mahsulotlar, balki tibbiy qon plazmalari hamda yuqori sifatli ko‘zoynak linzalari ham olinadi.

Soya nafaqat ozuqa manbai, balki dehqonchilikda tuproq unumdorligini oshiruvchi va uning holatini yaxshilovchi samarali ekinlardan biri hisoblanadi.

Seleksiya yutug‘ini ro‘yxatdan o‘tkazish — “Seleksiya yutuqlari to‘g‘risida”gi Qonun bilan tartibga solinadigan huquqiy jarayondir.

Bu jarayon nav yaratuvchisiga mutlaq foydalanish huquqini beradi. Seleksiya yutugʻi yangilik, farqlanish, turdoshlik va barqarorlik mezonlariga javob bersa, u huquqiy muhofaza qilinadi.

Seleksiya yutuqlarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza topshirish Adliya vazirligining im.adliya.uz portali orqali onlayn tarzda amalga oshiriladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling