Valyuta kurslari 06/02/2026
$1 – 12279.48
UZS – 0,11%
€1 – 14508.21
UZS – 0,11%
₽1 – 159.25
UZS – 0,11%
Qidirish
Oʻzbekiston noqonuniy ravishda egallab olingan yer va binolarni qonuniylashtirish tartiblarini tezlashtiradi

Oʻzbekiston noqonuniy ravishda egallab olingan yer va binolarni qonuniylashtirish tartiblarini tezlashtiradi

Oʻzbekiston noqonuniy ravishda egallab olingan yer va binolarni qonuniylashtirish tartiblarini tezlashtiradi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda moddama-modda ko‘rib chiqildi.

Ushbu qonun loyihasi o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga nisbatan huquqlarni e’tirof etish ishlarini yanada tezlashtirishga qaratilgan.

Qonun loyihasi bilan “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi hamda “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi qonunlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish taklif etilmoqda.

Xususan, huquqlarni e’tirof etish bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlarni ko‘rib chiqish muddatlarini qisqartirish, ma’lumotlarni avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritish tartibini hamda soliq qarzdorligi tushunchasini aniqlashtirish, yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini e’tirof etish uchun bir martalik to‘lovni bo‘lib-bo‘lib to‘lashni amalga oshirish tartibi va shartlarini belgilash hamda huquqlarni e’tirof etish ishlari bilan bog‘liq shikoyatlarni ko‘rib chiqish mexanizmlarini takomillashtirish nazarda tutilmoqda.

Shuningdek, loyihada “soliq qarzdorligi”ga oid takrorlanishlarni bartaraf etish maqsadida asosiy tushunchalarga alohida “yer solig‘i bo‘yicha, unda qurilgan binolar va inshootlar uchun esa mol-mulk solig‘i bo‘yicha qarzdorlik” tushunchasi kiritilib, unda soliq qarzdorlik – bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravaridan oshadigan qismi etib ko‘rsatilmoqda.

Majlisda qonun loyihasida nazarda tutilayotgan normalar jismoniy va yuridik shaxslarning ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlari e’tirof etilishiga to‘sqinlik qiluvchi omillarni bartaraf etishga, eng muhimi, inson manfaatlarini ta’minlashga xizmat qilishi qayd etildi.

Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi va Senatga yuborildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling