Valyuta kurslari 11/02/2026
$1 – 12309.99
UZS – -0,08%
€1 – 14666.12
UZS – 0,35%
₽1 – 159.64
UZS – 0,18%
Qidirish
Oʻzbekiston MOQ sportni rivojlantirishda xususiy sektor ishtirokini kengaytirish mexanizmlarini muhokama qildi

Oʻzbekiston MOQ sportni rivojlantirishda xususiy sektor ishtirokini kengaytirish mexanizmlarini muhokama qildi

Oʻzbekiston MOQ sportni rivojlantirishda xususiy sektor ishtirokini kengaytirish mexanizmlarini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasida Iqtisodiyot va moliya hamda Sport vazirliklari, shuningdek, MOQ, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbar va mutasaddilari ishtirokida sport sohasiga xususiy sektorni keng jalb etish, zamonaviy boshqaruv tizimini joriy etish va raqobat muhitini shakllantirish kabi masalalarga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Tadbirda sport sohasini barqaror rivojlantirish, moliyaviy resurslardan samarali foydalanishda xususiy sektorni jalb etish, homiylik koʻmaklarini koʻrsatish tashabbusida boʻlgan tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash hamda ularga turli imtiyozlar berish, tashabbuskor tadbirkorlarni sport federatsiyalarning ijroqoʻm aʼzoliga saylash kabi dolzarb yoʻnalishlar muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida 2026-yilda federatsiya va assotsiatsiyalar faoliyatini, shuningdek, milliy terma jamoalarimizni moliyalashtirish bilan bogʻliq masalalar ham atroflicha koʻrib chiqildi.

Tomonlar sportchilarning tayyorgarlik jarayonini yanada takomillashtirish, xalqaro musobaqalarga puxta hozirlik koʻrish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish muhimligini taʼkidladilar.

Yakunda sport sohasiga xususiy sektorni keng jalb etish orqali zamonaviy menejment va raqobat muhitini shakllantirish hamda sport sohasiga ajratiladigan mablagʻlarning manzilli va shaffof yoʻnaltirilishini taʼminlash, vazirlik va idoralar oʻrtasidagi hamkorlikni kuchaytirish boʻyicha kelishuvlarga erishildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling