Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Oʻzbekiston Moʻgʻuliston va Filippinning faxriy konsuli bilan savdo va investitsiya masalalarini muhokama qildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 12-dekabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Baxromjon A’loyev Mo‘g‘uliston va Filippinning O‘zbekistondagi faxriy konsuli Bexbat Sodnom bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot davomida ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari, jumladan, ushbu mamlakatlar bilan savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy aloqalarni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Xususan, O‘zbekistonda investitsiya loyihalarini amalga oshirish hamda o‘zaro savdo hajmini kengaytirish maqsadida Mo‘g‘uliston va Filippinning yetakchi kompaniyalarini jalb etishga alohida e’tibor qaratildi.