Oʻzbekiston Migratsiya agentligi Bolgariyada fuqarolarni ishga joylashtirish boʻyicha sinov loyihasini ishga tushirmoqda
Oʻzbekiston Migratsiya agentligi Bolgariyada fuqarolarni ishga joylashtirish boʻyicha sinov loyihasini ishga tushirmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Migratsiya agentligi rahbari Behzod Musayev Bolgariya avtotransportchi palatasi (CBRH) boshqaruv kengashi raisi Petko Angelov bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Unda hamyurtlarimizni Bolgariyada tashkiliy tartibda ishga joylashtirish, tayyorgarlik jarayonlari va litsenziyaga ega Xususiy bandlik agentliklari bilan hamkorlik mexanizmlari muhokama qilindi.
Bolgariya tomoni transport va logistika sohasida kadrlarga ehtiyoj borligini bildirdi.
Diagnostik uskunalar va elektron tizimlar bilan qisqa adaptatsiyadan so‘ng ish boshlay oladigan mexaniklar va texnik mutaxassislar malaka va vazifaga qarab 2500 yevrogacha maosh olishlari mumkinligi aytib o‘tildi.
Haydovchilar uchun esa Yevropa Ittifoqi qoidalari asosida tayyorgarlik muhim.
Yuqoridagilardan kelib chiqib tomonlar amaliy hamkorlikni rivojlantirish, pilot loyihani yo‘lga qo‘yish va maxsus o‘quv kurslarini yaratish bo‘yicha kelishuv imzoladilar.