Valyuta kurslari 23/01/2026
$1 – 12136.92
UZS – 0,12%
€1 – 14191.70
UZS – 0,03%
₽1 – 159.99
UZS – 2,3%
Qidirish
Oʻzbekiston Madaniy rivojlanish jamgʻarmasi YUNESKOga qoʻshma loyihalar boʻyicha yoʻl xaritasini taqdim etdi

Oʻzbekiston Madaniy rivojlanish jamgʻarmasi YUNESKOga qoʻshma loyihalar boʻyicha yoʻl xaritasini taqdim etdi

Oʻzbekiston Madaniy rivojlanish jamgʻarmasi YUNESKOga qoʻshma loyihalar boʻyicha yoʻl xaritasini taqdim etdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerovaning YUNESKO Bosh direktori Xolid al-Ananiy bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va YUNESKO o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” taqdim etildi, o‘zaro hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning Samarqandda YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining ochilish marosimida bildirgan tashabbuslarini birgalikda amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Buxoroning tarixiy yodgorliklarini YUNESKO shafeligida restavratsiya qilish, arxeologiya sohasida hamkorlik qilish va madaniy boyliklarni repatriatsiya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Bosh direktor tashkilot ushbu tashabbuslarni amalga oshirishda faol ishtirok etishga tayyorligini tasdiqladi. O‘zbekiston va YUNESKO o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish to‘g‘risidagi Memorandumni tayyorlash va imzolash bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling