Valyuta kurslari 27/03/2026
$1 – 12179.87
UZS – 0,07%
€1 – 14079.93
UZS – -0,27%
₽1 – 148.52
UZS – -0,85%
Qidirish
Oʻzbekiston Latviya hamkorlari bilan pomidor eksportini kengaytirmoqda

Oʻzbekiston Latviya hamkorlari bilan pomidor eksportini kengaytirmoqda

Oʻzbekiston Latviya hamkorlari bilan pomidor eksportini kengaytirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Latviya vakillari ishtirokida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportida kooperatsiya tizimini rivojlantirishga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda vazirlik masʼul rahbarlari — Muxtor Shonazarov, Farhod Abdillazov hamda Latviya Respublikasi Markaziy moliya va shartnomalar agentligi (CFCA) vakili Iyeva Yaunzeme, Latviya qishloq maslahat markazi (LLKC) eksperti Liene Feldmane ishtirok etdi.

Uchrashuvda «Dalatek-kooperativ» modeli asosida mahalliy fermerlarni birlashtirish va pomidor mahsulotlarini Yevropa Ittifoqi bozorlariga chiqarish masalalari muhokama qilindi.

Ta’kidlanishicha, kooperativ modeli fermerlar va treyderlarni yagona tizimga birlashtirish orqali mahsulot sifatini oshirish, narx barqarorligini ta’minlash hamda eksport bozorlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Uchrashuv yakunida tomonlar shaffof kooperativ boshqaruvini yo‘lga qo‘yish, Yevropa Ittifoqi standartlari va sertifikatsiyasini joriy etish hamda xalqaro tajriba almashinuvini rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling