Valyuta kurslari 14/10/2025
$1 – 12149.55
UZS – 0,07%
€1 – 14087.40
UZS – 0,24%
₽1 – 150.44
UZS – 0,69%
Qidirish
Oʻzbekiston Kyolnda boʻlib oʻtgan “Anuga 2025” yirik oziq-ovqat koʻrgazmasida milliy stendini taqdim etdi

Oʻzbekiston Kyolnda boʻlib oʻtgan “Anuga 2025” yirik oziq-ovqat koʻrgazmasida milliy stendini taqdim etdi

Oʻzbekiston Kyolnda boʻlib oʻtgan “Anuga 2025” yirik oziq-ovqat koʻrgazmasida milliy stendini taqdim etdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi delegatsiyasi Germaniyaning Kyoln shahrida bo‘lib o‘tgan dunyodagi eng yirik oziq-ovqat ko‘rgazmalaridan biri — “Anuga 2025” da ishtirok etdi.

“Made in Uzbekistan” milliy stendida oziq-ovqat va agrosanoat sohalaridagi 25 dan ortiq yetakchi mahalliy kompaniyalar o‘z mahsulotlarini namoyish etdi. Tadbırkorlar Yevropa sifat standartlariga mos qayta ishlangan meva va sabzavotlar, sharbatlar, quruq mevalar, yong‘oqlar va boshqa mahsulotlarning keng assortimentini taqdim etdilar.

Ko‘rgazma doirasida Germaniya, Italiya, Vengriya va boshqa Yevropa Ittifoqi davlatlarining Ledo, Dovgan, Delikatess GmbH, Develey GmbH, Bode Naturkost va Euras int BVBA – Premium Foods kabi 20 dan ortiq yirik savdo tarmoqlari, distribyutorlar va agentlar bilan muzokaralar o‘tkazildi.

ISSV Tashqi savdo departamenti boshlig‘i Inomjon Abdurahmonov boshchiligidagi delegatsiya shuningdek Open Trade Gate Sweden, BHEPA, Nutrifit Food, Fruit Fusion va Eurofins tashkilotlari vakillari bilan uchrashib, O‘zbekiston meva-sabzavot mahsulotlarini Yevropa bozorlariga eksportini kengaytirish istiqbollarinı muhokama qildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling