Oʻzbekiston konchilik vaziri Traxys Group delegatsiyasi bilan muhim minerallar loyihasi boʻyicha uchrashuv oʻtkazdi
Oʻzbekiston konchilik vaziri Traxys Group delegatsiyasi bilan muhim minerallar loyihasi boʻyicha uchrashuv oʻtkazdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2026-yil 24-fevral kuni Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri B.Islamov, vazirlik mutasaddilari, “Navoiyuran” DK hamda “O‘zTMK” rahbarlari bilan birgalikda Traxys Group bosh ijrochi direktori Mark Kristof boshchiligidagi kompaniya delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda so‘nggi yillarda Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasiga berilayotgan e’tibor, amalga oshirilayotgan islohotlar, sohaga investitsiyalar va investorlarni jalb qilish, bir qator istiqbolli loyihalarda o‘zaro hamkorlik masalalariga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, Traxys vakillariga soha korxonalarining yutuqlari, erishilgan natijalari, kelgusida rejalashtirilayotgan ishlar, belgilangan vazifalar, xalqaro miqyosdagi e’tiroflar haqida ma’lumot berildi.