Valyuta kurslari 16/10/2025
$1 – 12233.67
UZS – 0,4%
€1 – 14233.88
UZS – 1,08%
₽1 – 154.84
UZS – 1,48%
Qidirish
Oʻzbekiston konchilik vaziri oʻrinbosari YeTTB bilan sohaga sarmoya kiritishni muhokama qildi

Oʻzbekiston konchilik vaziri oʻrinbosari YeTTB bilan sohaga sarmoya kiritishni muhokama qildi

Oʻzbekiston konchilik vaziri oʻrinbosari YeTTB bilan sohaga sarmoya kiritishni muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil 15-oktabr kuni Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri o‘rinbosari U.Yusupov, vazirlik mutasaddilari bilan birgalikda Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining Boshqaruv direktori Jan-Mark Petershmitt boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Tomonlar hamkorlikda erishilgan natijalar, birgalikda amalga oshirilayotgan loyihalar va kelgusi qadamlar yuzasidan fikr almashishdi. Xususan, “Yer qa’ri to‘g‘risidagi” yangi tahrirdagi qonun ishlab chiqilib, o‘tgan yili kuchga kirgani yuqori baholandi. Shuningdek ushbu qonun asosida, qonunosti hujjatlar ishlab chiqish istiqbollari muhokama etildi.

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki vakillari tomonidan tog‘-kon sanoati sohasiga investitsiyalarni jalb qilish, jumladan O‘zbekistondagi loyihalarga investitsiya kiritish bankning asosiy yo‘nalishlaridan biri ekanligi ta’kidlandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling