Valyuta kurslari 21/08/2025
$1 – 12466.44
UZS – -0,47%
€1 – 14517.17
UZS – -0,77%
₽1 – 155.42
UZS – -0,35%
Qidirish
Iqtisod 12/08/2025 Oʻzbekiston Iqtisodiyot vaziri oʻrinbosari XVJ bilan iqlimiy moliyaviy risklarni baholashni muhokama qildi

Oʻzbekiston Iqtisodiyot vaziri oʻrinbosari XVJ bilan iqlimiy moliyaviy risklarni baholashni muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil 11-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Umid Abidxadjayev Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) delegatsiyasi bilan uchrashdi.

Delegatsiya tarkibida XVJ huzuridagi davlat moliyasini boshqarish va fiskal xatarlar bo‘yicha mintaqaviy maslahatchi Yannik Vel, XVJ huzuridagi iqlim o‘zgarishi sohasida davlat moliyasini boshqarish masalalari bo‘yicha maslahatchi Simona Pojar hamda XVJ eksperti Jiyoti Rahmon qatnashdi. 

O‘zbekiston tomonidan uchrashuvda Iqtisodiyot va moliya vazirligi Iqtisodiy o‘sishni tahlil qilish va prognozlash hamda monetar, fiskal va tashqi savdo siyosatlarining o‘zaro muvofiqligini ta’minlash departamenti direktori Abdumalik Jalilov, Yashil iqtisodiyotga o‘tish va rivojlantirishni muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Shoxzod Islamov hamda vazirlik xodimlari ishtirok etdi.

Uchrashuvda iqlim o‘zgarishi natijasida yuzaga keladigan makroiqtisodiy va fiskal xatarlarni baholash uchun Q-CRAFT (Quantitative Climate Risk Assessment Fiscal Tool) modelini qo‘llash masalalari muhokama qilindi.

Ushbu vositadan foydalanish uzoq muddatli istiqbolda iqlim o‘zgarishining turli ssenariylarda asosiy makroiqtisodiy va fiskal ko‘rsatkichlarga, jumladan, yalpi ichki mahsulot, budjet taqchilligi va davlat qarziga ta’sirini tahlil qilish imkonini berishi ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida vazirlik mutaxassislari uchun Q-CRAFT modeli bilan ishlash va uni tahliliy faoliyatda qo‘llashga bag‘ishlangan bir haftalik qo‘shma seminar-trening o‘tkazilishi ma’lum qilindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling