Valyuta kurslari 06/03/2026
$1 – 12175.53
UZS – -0,04%
€1 – 14151.62
UZS – 0,09%
₽1 – 155.08
UZS – -1,05%
Qidirish
Oʻzbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi Jahon banki bilan hamkorlikda biznes jarayonlarini raqamlashtirish va optimallashtirish loyihasini boshlamoqda

Oʻzbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi Jahon banki bilan hamkorlikda biznes jarayonlarini raqamlashtirish va optimallashtirish loyihasini boshlamoqda

Oʻzbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi Jahon banki bilan hamkorlikda biznes jarayonlarini raqamlashtirish va optimallashtirish loyihasini boshlamoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Jahon banki bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Iqtisodiyot va moliya vazirligining biznes jarayonlarini maqbullashtirish, reinjiniring qilish va avtomatlashtirish imkoniyatlarini baholash” loyihasi doirasida vazirlikning iqtisodiyot yo‘nalishidagi barcha tegishli tarkibiy bo‘linmalari bilan tizimli va maqsadli uchrashuvlar hamda ishchi suhbatlar tashkil etilmoqda.

Uchrashuvlardan asosiy maqsad — amaldagi biznes jarayonlarni kompleks va chuqur tahlil qilish, ularning funksional yuklamasini baholash, shuningdek normativ-huquqiy asoslari hamda amaliy ijrosini o‘rganishdan iborat. Tahlil jarayonida ish jarayonlarining samaradorligi, ortiqcha ma’muriy bo‘g‘inlar, takrorlanuvchi funksiyalar va vaqt sarfining optimal emasligi aniqlanadi.

Shu asosda jarayonlarni soddalashtirish, optimallashtirish va raqamlashtirish bo‘yicha aniq, asoslangan hamda amaliy takliflar ishlab chiqish rejalashtirilgan. Loyiha davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish, qaror qabul qilish jarayonlarini tezlashtirish va inson omili ta’sirini kamaytirishga qaratilgan.

Loyiha doirasida PricewaterhouseCoopers (PwC) kompaniyasi ekspertlari vazirlikning bir qator tarkibiy bo‘linmalari faoliyatini chuqur tahlil qilmoqda. Xususan, iqtisodiy o‘sishni tahlil qilish va prognozlash hamda monetar, fiskal va tashqi savdo siyosatlarining o‘zaro muvofiqligini ta’minlash departamenti, urbanizatsiya jarayonlari, uy-joy qurilishi va ipoteka dasturlarini muvofiqlashtirish departamenti, shuningdek yer islohotlari va hududlar master-rejalarini ishlab chiqishni muvofiqlashtirish boshqarmasining mavjud ish jarayonlari o‘rganilmoqda.

Mazkur tashabbus vazirlik faoliyatida zamonaviy boshqaruv yondashuvlarini joriy etish, biznes jarayonlarni xalqaro standartlar asosida qayta ko‘rib chiqish va raqamli transformatsiyani tizimli ravishda amalga oshirishga xizmat qiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling