Oʻzbekiston Integra Capital bilan konchilik loyihalarini muhokama qildi

Oʻzbekiston Integra Capital bilan konchilik loyihalarini muhokama qildi

Oʻzbekiston Integra Capital bilan konchilik loyihalarini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 26-mart kuni vazir o‘rinbosari U.Yusupov, vazirlik mutasaddilari bilan birgalikda Integra Capital kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda mehmon tomonga O‘zbekiston Respublikasida Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasi hamda uning davlatimiz iqtisodiyotida tutgan o‘rni, amaldagi qonunchilik va kelgusi rejalar haqida ma’lumotlar berildi.

Xorij tomoni kompaniya haqida ma’lumot berib, uning faoliyati, tog‘-kon hamda energetika loyihalarida katta tajribaga ega ekanligi haqida axborot berdi.

Shuningdek, uchrashuvda bir qator loyihalarni o‘rganib chiqish, muhokama qilish hamda kelgusidagi hamkorlik istiqbollarini belgilab olish masalalarini muhokama qilindi. 

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling