Oʻzbekiston Integra Capital bilan energetika investitsiyalarini muhokama qildi
Oʻzbekiston Integra Capital bilan energetika investitsiyalarini muhokama qildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Akram Aliyev “Integra Capital” kompaniyasining biznesni rivojlantirish bo‘yicha boshqaruvchi direktori Gonsalo Rodriges bilan uchrashuv o‘tkazdi.
“Integra Capital” - 1995-yilda tashkil etilgan hamda Amerika, Yevropa va Osiyo qit’alarida faoliyat yurituvchi xalqaro investitsiya kompaniyasidir. Kompaniya tomonidan amalga oshirilgan bitimlarning umumiy qiymati 21 milliard dollardan oshadi.
Mazkur tuzilma energetika, resurslar, texnologiyalar va ko‘chmas mulk sohalariga sarmoya kiritib, asosan rivojlanayotgan mamlakatlardagi istiqbolli loyihalarga e’tibor qaratadi.
Muloqot chog‘ida energetika va geologiya sohalaridagi hamkorlik, qo‘shma loyihalarni hayotga tatbiq etish hamda investitsiyalarni jalb qilish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar aloqalarni kengaytirish va ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantirishga o‘zaro tayyorligini bildirdilar.
O‘zbekiston tomoni kompaniya tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlab, ularni amalga oshirishda ko‘maklashishga tayyorligini ma’lum qildi.