Valyuta kurslari 19/12/2025
$1 – 12021.61
UZS – -0,32%
€1 – 14092.93
UZS – -0,26%
₽1 – 150.44
UZS – 0,25%
Qidirish
Oʻzbekiston halol mahsulotlar sohasida hamkorlik memorandumlarini imzoladi

Oʻzbekiston halol mahsulotlar sohasida hamkorlik memorandumlarini imzoladi

Oʻzbekiston halol mahsulotlar sohasida hamkorlik memorandumlarini imzoladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 18–19-dekabr kunlari Tailandning Bangkok shahrida “Tailand Halol Assambleyasi–2025” nufuzli xalqaro tadbiri bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur anjumanda “O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” (Uztest) davlat muassasasi direktori ham ishtirok etmoqda.

Tadbir doirasida halol mahsulotlar va xizmatlar sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish, tajriba almashish hamda sertifikatlashtirish tizimlarini o‘zaro tan olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Xususan, “Uztest” DM va qator yetakchi xorijiy tashkilotlar o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan anglashuv memorandumlari imzolandi.

Memorandumlar Windsor Governance Consultancy, Shanghai Global Halal Certification Service, Islamic Council of South Africa Halaal Fund (Pty) Ltd, shuningdek Japan Halal Foundation kabi nufuzli tashkilotlar bilan tuzildi.

Ushbu kelishuvlar halol muvofiqlikni baholash, sertifikatlashtirish, laboratoriya sinovlari, kadrlar salohiyatini oshirish hamda xalqaro standartlarni joriy etish yo‘nalishlarida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling