Valyuta kurslari 06/02/2026
$1 – 12279.48
UZS – 0,11%
€1 – 14508.21
UZS – 0,11%
₽1 – 159.25
UZS – 0,11%
Qidirish
Oʻzbekiston Farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi Iroqdagi MDI Group bilan hamkorlikni muhokama qildi

Oʻzbekiston Farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi Iroqdagi MDI Group bilan hamkorlikni muhokama qildi

Oʻzbekiston Farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi Iroqdagi MDI Group bilan hamkorlikni muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Iroq Respublikasiga xizmat safari doirasida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi xodimlari mamlakatning yirik farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchisi, distribyutori hamda xususiy shifoxonalar tarmog‘iga ega bo‘lgan "MDI Group" korxonasida bo‘ldilar.

Uchrashuvda kompaniya faoliyati bo‘yicha batafsil prezentatsiya taqdim etildi, shuningdek agentlik vakillari ishlab chiqarish zavodi va omborxona infratuzilmasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

"MDI Group" - Iroq farmatsevtika va sog‘liqni saqlash sohasida 20 yildan ortiq tajribaga ega bo‘lgan yirik kompaniya hisoblanadi. Asosiy yo‘nalishlariga farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish va distributsiya qilish, savdo va distributsiya sohasida Aspen, Cheplapharm, Menarini, IBSA, Uni-Pharma, Montefarmaco kabi jahonning yetakchi kompaniyalari bilan strategik hamkorlik, shuningdek Al Andalus ixtisoslashtirilgan shifoxonasi va Al Nahrain onkologiya markazi orqali ilg‘or onkologik, diagnostik va jarrohlik xizmatlarini ko‘rsatish kiradi.

Uchrashuvda MDI Group vakillari korxonaning Iroqdagi yagona onkologik preparatlar ishlab chiqarish zavodini ishga tushirish bosqichida ekanini taʼkidlab, O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan farmatsevtika mahsulotlariga bo‘lgan qiziqishni bildirdi. Ayni paytda o‘zbek ishlab chiqaruvchilari bilan qo‘shma loyihalar bo‘yicha faol muzokaralar olib borilmoqda.

Mazkur tashrif sog‘liqni saqlash va farmatsevtika sohasida xalqaro hamkorlikni yana-da mustahkamlash, shuningdek O‘zbekiston farmatsevtika mahsulotlarining Iroq bozoriga chiqish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling