Oʻzbekiston Energetika vazirligi bir nechta hududlardagi jamoat transportiga ustuvor gaz taʼminotini taʼminlamoqda
Oʻzbekiston Energetika vazirligi bir nechta hududlardagi jamoat transportiga ustuvor gaz taʼminotini taʼminlamoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oʻzbekiston Energetika vazirligi mamlakatning bir qator hududlarida jamoat transportining barqaror ishlashini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlarni eʼlon qildi.
Xususan, Farg‘ona, Sirdaryo, Surxondaryo hamda Toshkent viloyati shahar ichi yo‘nalishlarida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalar transport vositalari, ya’ni avtobuslarning kun davomida barqaror faoliyat yuritishi uchun tabiiy gaz bilan ta’minlash maqsadida Avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarida (AGTKSH) birinchi galda avtobuslarga gaz to‘ldirilishi ta’minlangan.
AGTKSH maxsus texnikalar va jamoat transportlari uchun kecha, 25-yanvar kuni 1,5 mln kub metr tabiiy gaz yetkazib berildi. Bugun 2,5 mln kub metr tabiiy gaz yetkazib berish rejalashtirilgan.
Xususan, Farg‘ona viloyatida soat 12:00 dan 15:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida jamoat transporti va kommunal xizmat transporti uchun 22 ta, Toshkent viloyati 14:30 dan 17:30 gacha 20 ta metan gaz quyish shoxobchasi orqali xizmat ko‘rsatildi. Qolgan hududlarda ham bu yo‘nalishda ishlar davom etmoqda.
Koʻrilgan choralar tarmoqlarda gaz bosimini oshirdi va ayrim hududlardagi uylarda standart bosimni tikladi. Ish viloyat hokimliklari tomonidan tegishli vazirlik va idoralarning hududiy boshqarmalari bilan hamkorlikda muvofiqlashtirilmoqda.