Valyuta kurslari 03/02/2026
$1 – 12242.17
UZS – 0,14%
€1 – 14522.89
UZS – -0,26%
₽1 – 159.90
UZS – -1,3%
Qidirish
Oʻzbekiston Dubayda boʻlib oʻtgan Gulfood 2026 koʻrgazmasida oziq-ovqat sanoatining eksport salohiyatini namoyish etdi

Oʻzbekiston Dubayda boʻlib oʻtgan Gulfood 2026 koʻrgazmasida oziq-ovqat sanoatining eksport salohiyatini namoyish etdi

Oʻzbekiston Dubayda boʻlib oʻtgan Gulfood 2026 koʻrgazmasida oziq-ovqat sanoatining eksport salohiyatini namoyish etdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2026-yil 26–30-yanvar kunlari O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Tashqi savdo departamenti direktori Inomjon Abdurahmonov boshchiligida Dubay shahrida o‘tkazilgan Gulfood 2026 xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etdi.

“Made in Uzbekistan” milliy stendida 60 dan ortiq mahalliy korxona oziq-ovqat mahsulotlari, meva-sabzavot, dukkakli ekinlar hamda quritilgan mevalar bo‘yicha mamlakatimizning eksport salohiyatini namoyish etdi. BAA, Saudiya Arabistoni va Fors ko‘rfazi mamlakatlarining 20 dan ortiq yetakchi riteyler va distribyutorlari, jumladan Lulu Group, Sunberry Vegetables, Ali Bin Ali Holding hamda boshqa yirik kompaniyalar bilan muzokaralar o‘tkazildi.

Muzokaralar yakunida o‘zbek mahsulotlarini “Lulu” savdo tarmoqlariga joylashtirish hamda O‘zbekistondan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib berishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. BAA va Qatar hamkorlari bilan yangi bozorlarga chiqish mexanizmlari hamda eksportyorlar pulini bosqichma-bosqich shakllantirish masalalari kelishib olindi.

Shuningdek, BAA Tashqi savdo vazirligi bilan Keng qamrovli iqtisodiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim (CEPA) loyihasini ishlab chiqish yuzasidan muzokaralar olib borildi. Tomonlar qo‘shma ishchi guruh tuzish hamda joriy yil davomida 500 dan ortiq tovar pozitsiyalari bo‘yicha preferensial savdo shartlarini joriy etish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling