Valyuta kurslari 20/06/2025
$1 – 12559.26
UZS – -0,47%
€1 – 14413.01
UZS – -0,71%
₽1 – 160.17
UZS – -0,41%
Qidirish
O‘zbekiston 29/04/2025 Oʻzbekiston delegatsiyasi Vengriyadagi Vengriya-Turkiy davlatlar sammitida faol ishtirok etmoqda

Oʻzbekiston delegatsiyasi Vengriyadagi Vengriya-Turkiy davlatlar sammitida faol ishtirok etmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 28-aprel kuni Budapesht shahrida birinchi Vengriya-Turkiy davlatlarning madaniyat, oliy taʼlim va innovatsiyalar masalalari boʻyicha sammiti boʻlib oʻtmoqda. Sammitda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Shohrux Daliyev boshchiligidagi delegatsiya faol ishtirok etmoqda.

Vengriya Madaniyat va innovatsiyalar vaziri Balaj Xanko ochib berdi. Vazir Xanko forum ahamiyati, mintaqaviy hamkorlikning yangi bosqichga chiqishi va Vengriyaning ushbu jarayondagi faol ishtiroki haqida toʻxtaldi.

Sammitning “Mintaqaviy hamkorlikning kuchi: Turkiy davlatlar va Vengriya oʻrtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish” hamda “Mintaqaviy innovatsion hamkorlik: Turkiy davlatlar va Vengriya oʻrtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish” mavzularidagi panel sessiyalarida  Vengriya va turkiy tilli davlatlarning oliy taʼlim, madaniyat va innovatsiyalar boʻyicha vazirlari, vazir oʻrinbosarlari, oliy taʼlim muassasalari rahbarlari va boshqa mutasaddilar ishtirok etdilar. 

Sammitda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Shohrux Daliyev  Oʻzbekistonning taʼlim, fan va innovatsiya sohalaridagi yutuqlari, shuningdek, turkiy davlatlar va Vengriya bilan hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga oid istiqbolli rejalar toʻgʻrisida soʻzladi.

Sh.  Daliyev Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida Oʻzbekistonda  olib borilayotgan islohotlar, ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi yutuqlari haqida soʻz yuritdi. U mamlakatimizda amaliyotga joriy etilayotgan innovatsion ekotizim, qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohasidagi loyihalar, raqamli transformatsiya va startap ekotizimidagi rivojlanish haqida maʼlumot berdi. 

Taʼkidlash joizki, bugungi kunda Oʻzbekiston va Vengriya  oʻrtasidagi munosabatlar strategik sheriklik darajasiga koʻtarilgan. Vengriya hukumati tomonidan amalga oshirilayotgan "Stipendium Hungaricum" dasturi orqali yuzlab oʻzbekistonlik talabalar Vengriyaning yetakchi universitetlarida tahsil olmoqda.

Oʻzbekistonning innovatsion strategiyalari va hamkorlikdagi yutuqlar Turkiy davlatlar va Vengriya bilan yanada kuchli va samarali hamkorlikka asos boʻlmoqda. Sammit doirasida yangi loyihalar va hamkorlik yoʻnalishlari muhokama qilindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling