Valyuta kurslari 17/02/2026
$1 – 12191.30
UZS – -0,24%
€1 – 14464.98
UZS – -0,21%
₽1 – 158.51
UZS – 0,08%
Qidirish
Oʻzbekiston delegatsiyasi Qatarda strategik va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi

Oʻzbekiston delegatsiyasi Qatarda strategik va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi

Oʻzbekiston delegatsiyasi Qatarda strategik va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 15-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Baxromjon A’loyev boshchiligidagi delegatsiya Qatar Davlatiga tashrif doirasida rasmiy va ishbilarmon doira vakillari bilan qator uchrashuvlar o‘tkazdi.

O‘zbekiston-Qatar o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalari bo‘yicha fikr almashildi.

Qatarning “Al Attiyah Group” rahbari Xolid bin Muxammad al-Atiyya bilan uchrashuvda savdo-iqtisodiy aloqalarni faollashtirish, investitsiyalarni jalb etish va o‘zaro manfaatli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Qatar Davlati Qonun ustuvorligi va korrupsiyaga qarshi kurashish markazi Vasiylik kengashi rahbari Ali bin Fetais Al-Marri bilan muzokaralar davomida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, tajriba almashish va mutasaddi idoralar o‘rtasida hamkorlik mexanizmlarini faollashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarni amalga oshirishga kelishib olindi.

Qatar xayriya tashkiloti ijrochi direktori Navaf al-Hammadi bilan suhbat davomida O‘zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy va gumanitar yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling