Oʻzbekiston delegatsiyasi Moskva shahrida boʻlib oʻtayotgan nufuzli xalqaro kongressda ishtirok etmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Moskva viloyati Hukumat uyida “Pediatriya – san’at sifatida” mavzusidagi VI xalqaro s’yezd bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu tadbirda viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda.
Tashrif davomida viloyatimiz vakillari s’yezd doirasidagi ilmiy-amaliy sessiyalarda faollik ko‘rsatmoqda.
Shuningdek, viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i To‘raqul Arzikulov hamda Moskva viloyati sog‘liqni saqlash mulozimi Maksim Zabelin o‘rtasida bir qator hamkorlik memorandumlari imzolandi.
Memorandum doirasida viloyat shifokorlarini Moskva viloyatidagi yetuk muassasalarda tibbiy malakasini yanada oshirish, o‘zaro tajriba almashish kabi muhim masalalar muhokama qilindi.
Bunday amaliy anjumanlar O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklik, xususan, sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorlikni yanada barqarorlashtirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.