Oʻzbekiston Cauldron Energy bilan konchilik istiqbollarini muhokama qilmoqda

Oʻzbekiston Cauldron Energy bilan konchilik istiqbollarini muhokama qilmoqda

Oʻzbekiston Cauldron Energy bilan konchilik istiqbollarini muhokama qilmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2026-yil 26-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri o‘rinbosari U. Yusupov "CAULDRON ENERGY" kompaniyasi ijrochi direktori J. Fisher bilan uchrashdi. 

Muzokaralar davomida vazir o‘rinbosari O‘zbekiston tog‘-kon sanoatining bugungi holati va sohada amalga oshirilayotgan asosiy islohotlar haqida batafsil ma’lumot berdi. Ayniqsa, 2024-yilda qabul qilingan yangi tahrirdagi “Yer qa’ri to‘g‘risida”gi qonun sohaning investorlar uchun shaffofligini oshirish va xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlik qilish uchun yanada qulay sharoitlar yaratishga xizmat qilayotgani alohida ta’kidlandi.

Kompaniya vakillari Vazirlik va uning tizimosti korxonalari bilan kelgusidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishga katta qiziqish bildirdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling