Oʻzbekiston birinchi marta Quvaytga 23 tonna mayiz va muzlatilgan quritilgan mevalarni yetkazib berdi
Oʻzbekiston birinchi marta Quvaytga 23 tonna mayiz va muzlatilgan quritilgan mevalarni yetkazib berdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Kuvaytga ilk bor yirik konteynerli yuk mashinasida 23 tonna qora mayiz mahsuloti yetkazilib, bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
O‘zbekiston Prezidenti tomonidan meva-sabzavot va oziq-ovqat eksportini ko‘paytirish, yangi zaxira va imkoniyatlarni ishga solish masalasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida qator vazifalar berilgan edi.
Topshiriqlar ijrosi yuzasidan mamlakatimizning Kuvaytdagi Elchixonasi tomonidan tashkil etilgan “Ochiq eshiklar kuni” doirasida Samarqand viloyati Payariq tumanidagi “Nassar Trading Agro” MCHJ va Kuvaytning “Jameel Inertational Company” o‘rtasida eksport shartnomasi imzolangan.
Ushbu shartnomaga asosan hozirgi kunda ilk bor yirik konteynerli yuk mashinasida 23 tonna qora mayiz mahsuloti Kuvaytga yetkazib kelindi va bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tdi.
Shuningdek, Toshkent viloyati Yuqori-Chirchiq tumanidagi “Sunny Land Products” MCHJdan va Kuvaytning “Alraya Albayda Trading Co.” kompaniyasiga ilk bor 8 turdagi sublimatsiyalangan mevalar al-Kuvayt shahriga yetkazib kelindi.