Valyuta kurslari 26/12/2025
$1 – 12078.47
UZS – 0,09%
€1 – 14234.48
UZS – -0,04%
₽1 – 155.23
UZS – 0,99%
Qidirish
Oʻzbekiston Angrenda China Coal ishtirokida koʻmir loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlarini oʻrganmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent viloyati Angren shahrida Bosh vazir oʻrinbosari J. Xodjayev rahbarligida investitsiya loyihalarini amalga oshirishning joriy holati o‘rganildi.

Tashrif davomida “Nishbosh ko‘mir” MChJ XK tomonidan “Nishbosh” ko‘mir konini oʻzlashtirish investitsiya loyihasi doirasida qurilish ishlarini olib borish holati, mavjud muammolar va ularning yechimi yuzasidan takliflar tahlil qilindi.

Shuningdek, uchrashuvda China Coal Resources Development Group kompaniyasi tomonidan “O‘zbekko‘mir” AJ konlarida ko‘mir qazib olish ko‘rsatkichlarini oshirish va ko‘mir kimyo-sanoati loyihalari bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish takliflari muhokama etildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling