Valyuta kurslari 05/12/2025
$1 – 11963.23
UZS – 0,43%
€1 – 13970.66
UZS – 0,7%
₽1 – 155.35
UZS – 1,28%
Qidirish
Oʻzbekiston Acta Climate bilan iqtisodiy dekarbonizatsiya loyihalarini muhokama qildi

Oʻzbekiston Acta Climate bilan iqtisodiy dekarbonizatsiya loyihalarini muhokama qildi

Oʻzbekiston Acta Climate bilan iqtisodiy dekarbonizatsiya loyihalarini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 4-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Akram Aliyev Yevropaning Acta Climate Solutions iqlim sohasida faoliyat yuritayotgan kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muzokaralar davomida tomonlar iqtisodiyotning dekarbonizatsiyasi, ekologik barqarorlikni oshirish hamda o‘rmon resurslarini boshqarishning zamonaviy yondashuvlarini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.

Tabiiy landshaftlarni tiklash, o‘rmon xo‘jaligi salohiyatini mustahkamlash, shuningdek, uglerodni yutish va iqlim o‘zgarishlariga moslashishga qaratilgan uzoq muddatli tabiatga asoslangan yechimlarni joriy etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida tegishli vazirlik va idoralar bilan muvofiqlashtirilgan holda hamkorlikning mumkin bo‘lgan yo‘nalishlarini batafsil ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling