Valyuta kurslari 10/12/2025
$1 – 12003.18
UZS – 0,11%
€1 – 13987.31
UZS – 0,09%
₽1 – 156.68
UZS – -0,8%
Qidirish
Oʻzbekiston 2026-yildan boshlab turli xil tovarlar va xizmatlar uchun majburiy naqd pulsiz toʻlovlarni joriy etadi

Oʻzbekiston 2026-yildan boshlab turli xil tovarlar va xizmatlar uchun majburiy naqd pulsiz toʻlovlarni joriy etadi

Oʻzbekiston 2026-yildan boshlab turli xil tovarlar va xizmatlar uchun majburiy naqd pulsiz toʻlovlarni joriy etadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–246-son, 10.12.2025 y.) qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, quyidagilar 2030 yilgacha yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib belgilandi, jumladan:

yalpi ichki mahsulotga nisbatan kuzatilmaydigan iqtisodiyot ulushini 1,3 baravarga qisqartirish;

savdo va xizmat ko‘rsatish sohalarida aholi tomonidan to‘lovlarni naqd pulsiz amalga oshirish ulushini 75 foizga yetkazish.

2026 yil 1 apreldan quyidagilar uchun to‘lovlar faqatgina bank kartalari yoki elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshiriladi:

davlat organlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar;

elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvidan foydalanganlik uchun to‘lovlar;

alkogol va tamaki mahsulotlari;

transportlarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari orqali aholiga neft-gaz mahsulotlarini sotish va elektrda harakatlanadigan transportlarni zaryadlash bo‘yicha xizmatlar;

qiymati 25 mln so‘mdan oshadigan tovar va xizmatlar;

ko‘chmas mulk obyektlari, ishlab chiqarilganiga 10 yildan oshmagan M, N, O va G toifaga kiruvchi transportlar hamda maxsus avtotransport vositalarini sotish va sotib olish.

2026 yil 1 yanvargacha barcha savdo va xizmat ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar tomonidan elektron to‘lovlarni qabul qilish uchun yagona QR kod joriy qilinadi.

2026 yil 1 yanvardan barcha savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi yuridik shaxslar tomonidan banklarda generatsiya qilingan yagona QR kod orqali elektron to‘lovlarni qabul qilish yo‘lga qo‘yiladi.

Bunda 2026 yil 1 iyuldan: barcha savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi yuridik shaxslarda yagona QR kodli to‘lov tizimi orqali to‘lovlarni qabul qilish ham majburiy etib belgilanadi;

yagona QR kodlardan foydalanilmayotganligi savdo qoidalarini buzish deb hisoblanadi.

2026 yil 1 yanvardan 1 ta tashqi savdo shartnomasi doirasida aynan bir xil turdagi tovarlarga muvofiqlik va ekologik sertifikat 1 yildan oshmagan muddatga 1 marotaba beriladi.

2026 yil 1 martdan soliq organlari xodimlari hamda Navoiy va Chirchiq shaharlarida hisobga qo‘yilgan jismoniy shaxslar tomonidan jami yillik daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etish tajriba-sinov tariqasida joriy etiladi.

2026 yil 1 iyuldan bosqichma-bosqich nazorat qiluvchi organlar tomonidan ushbu Farmonda ko‘rsatilgan holatlar bo‘yicha tadbirkorlik subyektlarida o‘tkaziladigan tekshiruvlar bodi-kameradan foydalangan holda amalga oshiriladi.

2026 yil 1 yanvardan: import qilingan oziq-ovqat mahsulotlarining 9 oy (go‘sht va ho‘l meva-sabzavotlarning 3 oy) davomida sotilmaganligi va qiymati BHMning 500 baravaridan ortiq bo‘lgan ushbu mahsulotlar qoldiqda turganligi holati sayyor soliq tekshiruvini o‘tkazish uchun asos hisoblanadi;

ko‘chmas mulk obyektlari va qurilish materiallari bo‘yicha soliq bazasi ushbu tovarlarning bozor bahosidan kelib chiqib aniqlanadi;

O‘zbekiston hududida jismoniy shaxslarga elektron shaklda xizmatlar ko‘rsatuvchi va tovarlar sotuvchi chet el yuridik shaxslari soliq organida ro‘yxatdan o‘tmasdan faoliyat yuritayotgani aniqlanib, ro‘yxatdan o‘tish to‘g‘risida xabarnoma yuborilgandan keyin 30 kun ichida ro‘yxatdan o‘tmaganda, ushbu yuridik shaxslarning O‘zbekistondagi faoliyati cheklanadi;

kameral soliq tekshiruvini o‘tkazishda soliq organlari aniqlagan tafovutni asoslash uchun soliq to‘lovchilar tomonidan qo‘shimcha hujjatlar taqdim etilganda soliq organlari tomonidan ularning ko‘rib chiqilishi majburiy hisoblanadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling