Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Nyu-Yorkda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 10 mart kuni AQSHning Nyu-York shahrida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi natijasida O‘zbekiston fuqarosi Nilufar Komilova halok bo‘ldi.
Nyu-Yorkdagi O‘zbekiston Bosh konsulxonasi maʼlumotiga ko‘ra, hodisa shahar Transport departamentiga qarashli yuk avtomobili ishtirokida sodir bo‘lgan.
Bosh konsulxona halok bo‘lgan fuqaroning yaqinlari bilan doimiy aloqada bo‘lib, ularga zarur konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatmoqda. Hodisa tafsilotlari aniqlashtirilmoqda.