Valyuta kurslari 20/11/2025
$1 – 11910.93
UZS – -0,25%
€1 – 13784.52
UZS – -0,4%
₽1 – 147.49
UZS – 0,06%
Qidirish
Nyu-York shahri meri Erik Adams O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasiga tashrif buyurdi

Nyu-York shahri meri Erik Adams O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasiga tashrif buyurdi

Nyu-York shahri meri Erik Adams O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasiga tashrif buyurdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida AQSHning Nyu-York shahri meri Erik Adams boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda Palata raisining maslahatchisi Umid Safarov, mamlakatimizning yetakchi tadbirkorlari hamda bir qator biznes uyushmalari vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuvda tomonlar o‘zaro savdo-iqtisodiy hamkorlikni yana-da chuqurlashtirish, qo‘shma kooperatsiya loyihalarini rivojlantirish va ikki hudud o‘rtasidagi biznes aloqalarni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.

Uchrashuv davomida Umid Safarov tomonidan o‘zbekistonlik tadbirkorlarni AQSH kapital bozorlariga tayyorlash maqsadida Nyu-York fond birjasi bilan hamkorlik o‘rnatish, mamlakatimizda AQSHning yetakchi universitetlari bilan biznes maktabi va akseleratsiya dasturlari yaratish, shuningdek, Toshkentda qo‘shma kasb-hunar kollejini ochish taklif etildi.

Kichik biznes uyushmasi raisi Kamolat Mirzaaliyeva esa Nyu-York kichik biznes birlashmasi bilan hamkorlik o‘rnatish va mahalliy mahsulotlarni AQSH bozoriga eksport qilishda ko‘mak so‘radi.

Tadbirkorlar tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini Amerika bozoriga yetkazib berishni kengaytirish, bioximyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish va innovatsion loyihalarni rivojlantirish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Uchrashuv konstruktiv ruhda o‘tib, ikki tomonlama biznes hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling