Nurlan Saburovga Rossiyaga kirish 50 yilga taqiqlandi
Nurlan Saburovga Rossiyaga kirish 50 yilga taqiqlandi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Komik Nurlan Saburovga Rossiyaga kirish 50 yil muddatga taqiqlandi, deb xabar berdi RIA Novosti va TASS huquqni muhofaza qiluvchi organlarga tayanib.
Ularning maʼlumotlariga ko‘ra, mazkur qaror milliy xavfsizlik manfaatlari, qonunchilikka rioya etish va anʼanaviy maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni himoya qilish maqsadida qabul qilingan.
Manbalarga asosan, cheklovlar maxsus harbiy operatsiyani tanqid qilish, shuningdek migratsiya va soliq qonunchiligini buzish holatlari bilan bog‘liq.
Qayd etilishicha, Saburov Rossiyada topgan daromadlarini vositachilar orqali legallashtirishga uringan. Shu bilan birga, uning Rossiyadagi mol-mulki qiymati 60 million rubldan oshishi aytilmoqda.
Xabarlar eʼlon qilingan paytda komik Vnukovo aeroportida bo‘lgan.