Nufuzli xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarida ilmiy daraja olgan mutaxassislarga ipoteka krediti beriladi

Nufuzli xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarida ilmiy daraja olgan mutaxassislarga ipoteka krediti beriladi

Nufuzli xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarida ilmiy daraja olgan mutaxassislarga ipoteka krediti beriladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Hukumat qarori bilan “Nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarining ro‘yxatiga kiritilgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarida ilmiy daraja olgan yosh mutaxassislarga uy-joy sotib olish uchun ipoteka krediti ajratish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, O‘zbekiston hududida birlamchi uy-joy bozoridan uy-joy sotib olish uchun BHMning 2 150 baravarigacha 10 yil muddatga har oyda qaytarish sharti bilan kredit ajratiladi.

Kredit tijorat banki hisobidan yillik 14 foiz stavkada ajratiladi.

Kredit oluvchi YAIDXP (my.gov.uz) orqali davlat xizmatidan elektron shaklda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi.

Kredit oluvchiga kredit, u quyidagi shartlarning barchasiga javob berganda ajratiladi:

O‘zbekiston fuqarosi bo‘lganda;

kredit olish uchun ariza bilan murojaat qilgan kunda 35 yoshdan oshmaganda;

kredit oluvchi ushbu xalqaro reyting tashkilotlari tomonidan eʼlon qilingan reytingda yuqori 100 talik ro‘yxatga kiritilgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarida ilmiy daraja olganda;

kredit oluvchining xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarida ilmiy daraja olganligi haqidagi diplomi belgilangan tartibda nostrifikatsiya qilinganda.

Kredit oluvchi ipoteka krediti ajratish bo‘yicha YAIDXP orqali quyidagilarni ilova qilgan holda murojaat qiladi:

kredit olish to‘g‘risida ariza;

kredit oluvchi tomonidan sotib olinadigan uy-joy bo‘yicha

qurilish tashkiloti bilan tuzilgan shartnoma.

Tijorat banki 3 ish kuni ichida uning to‘lovga layoqatini o‘rganib, uy-joy sotib olish uchun unga ajratilishi mumkin bo‘lgan kredit miqdori to‘g‘risida bank xulosasini Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga taqdim etadi.

Bunda kredit unda kredit sotib olinadigan uy-joy qiymatining 80 foizidan oshmasligi lozim.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling