Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi belgilandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi belgilandi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Adliya vazirligi Notariuslikka talabgorlar uchun Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami: 3721, 09.12.2025 y.).
Nizomga ko‘ra, talabgorlar o‘quv kurslarida Institut bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq 72 soat davomida o‘qitiladi.
O‘quv kurslari bevosita Institutda yoki masofaviy taʼlim shaklida tashkil etiladi.
Talabgorlar yil davomida elektron yoki yozma ravishda ariza topshirishi mumkin.
O‘quv kurslarida o‘quv jarayoni 25 nafardan ortiq bo‘lmagan tinglovchilardan iborat akademik guruhlarda tashkil qilinadi.
O‘quv kurslari maʼruza, seminar hamda amaliy mashg‘ulotlar shaklida o‘tkazilib, davomiyligi 80 daqiqani tashkil etadi.
O‘quv kurslari bo‘yicha imtihonlarni tashkil etish va o‘tkazish uchun komissiya shakllantiriladi.
O‘quv kurslari yakunida tinglovchilar suhbat shaklida imtihon topshirib, 100 ballik tizimda baholanadi hamda kamida 56 foiz ball to‘plagan tinglovchilarga sertifikat beriladi.