Valyuta kurslari 09/07/2025
$1 – 12712.09
UZS – 0,28%
€1 – 14927.81
UZS – 0,36%
₽1 – 162.64
UZS – 1,0%
Qidirish
Iqtisod 04/07/2025 Nogironligi bo‘lgan shaxslar bandligini taʼminlagan tadbirkorlarga subsidiya ajratish tartibi belgilandi

Nogironligi bo‘lgan shaxslar bandligini taʼminlagan tadbirkorlarga subsidiya ajratish tartibi belgilandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Hukumat qarori bilan “Nogironligi bo‘lgan shaxslar bandligini taʼminlashga ko‘maklashish, ularning bandligini taʼminlash hamda mehnat qilishini qo‘llab-quvvatlashni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Nizom nogironligi bo‘lgan shaxslar bandligini taʼminlagan tadbirkorlar hamda xususiy bandlik agentliklariga quyidagi qo‘llab quvvatlash choralarini taqdim etish tartibini belgilaydi:

bandlikka ko‘maklashish subsidiyasi;

ish o‘rinlariga moslashtirish subsidiyasi.

Nizomga ko‘ra, "Nogironligi bo‘lgan shaxslar bandligiga ko‘maklashish elektron reyestri" axborot moduli yuritiladi.

Bandlikka ko‘maklashish subsidiyasi quyidagi talablarga javob beradigan tadbirkorlarga ajratiladi:

elektron reyestrda turgan I va (yoki) II guruh nogironligi bo‘lgan shaxsni kamida 3 oy davomida uzluksiz rasmiy bandligini taʼminlagan;

mazkur davrda unga har oyda mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 2 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda ish haqi to‘lagan.

Ish o‘rinlariga moslashtirish subsidiyasi bandligi taʼminlangan I va (yoki) II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun surdotarjimon, psixolog yoki hamrohlik xizmatini tashkil qilgan tadbirkorlarga 50 mln so‘mgacha miqdorda ajratiladi.

Subsidiyaning har oylik miqdori quyidagicha:

surdotarjimon xizmati uchun BHMning 8 baravari;

psixolog xizmati uchun BHMning 10 baravari;

hamrohlik xizmati uchun BHMning 5 baravari.

Tadbirkorlar ushbu subsidiyalarni olish uchun “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizim yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali elektron so‘rovnomani to‘ldirish orqali murojaat qiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling