Valyuta kurslari 06/03/2026
$1 – 12175.53
UZS – -0,04%
€1 – 14151.62
UZS – 0,09%
₽1 – 155.08
UZS – -1,05%
Qidirish
Nodirbek Abdusattorov “Prague Masters” chempioni bo‘ldi

Nodirbek Abdusattorov “Prague Masters” chempioni bo‘ldi

Nodirbek Abdusattorov “Prague Masters” chempioni bo‘ldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 6 mart kuni Chexiya poytaxti Praga shahri mezbonlik qilayotgan shaxmat bo‘yicha Praga xalqaro shaxmat festivali turniri yakunlandi. Unda o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov musobaqa g‘olibligini qo‘lga kiritdi.

9 tur yakuniga ko‘ra, Abdusattorov 6 ochko jamg‘ardi. Jumladan, u amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommaraju ustidan ham g‘alaba qozondi.

Turnir davomida uzoq vaqt yetakchilik qilgan niderlandiyalik shaxmatchi Yorden van Forest esa so‘nggi ikki turda mag‘lubiyatga uchrab, birinchi o‘rin uchun imkoniyatini boy berdi. Shu tariqa, Abdusattoriv ushbu turnir g‘olibligini qo‘lga kiritdi.

Qayd etish joiz, bu Nodirbekning Pragadagi ikkinchi chempionligi bo‘lib, u bundan avval ham 2024 yilda ushbu nufuzli turnirda zafar quchgan edi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu g‘alaba Nodirbek Abdusattorovning 2026 yildagi ikkinchi yirik turnirdagi g‘alabasi bo‘ldi. Bundan avvalroq u Tata Steel Chess turnirida ham chempion bo‘lgandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling