Valyuta kurslari 16/01/2026
$1 – 11969.66
UZS – -0,27%
€1 – 13927.90
UZS – -0,4%
₽1 – 152.56
UZS – -0,2%
Qidirish
Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti tashkil etiladi

Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti tashkil etiladi

Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti tashkil etiladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra:

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti negizida Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti tashkil etiladi;

Universitet respublikada pedagog kadrlar tayyorlash bo‘yicha yetakchi oliy taʼlim tashkiloti etib belgilandi.

2025/2026 o‘quv yilidan:

Universitetning boshqaruv tizimi “Yangi O‘zbekiston” universiteti tajribasi asosida tubdan takomillashtiriladi;

Universitetning mavjud 14 ta fakulteti maqbullashtirilib, 6 ta pedagogika oliy maktablari tashkil etiladi;

akademik faoliyat raqamlashtirilgan boshqarish tizimi (Learning management system) orqali yo‘lga qo‘yiladi hamda “Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish” (HEMIS) axborot tizimi bilan integratsiya qilinadi;

Universitetning bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga 1-kursdan xalqaro taʼlim dasturlari bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling