Valyuta kurslari 08/01/2026
$1 – 12033.28
UZS – 0,54%
€1 – 14060.89
UZS – 0,29%
₽1 – 149.30
UZS – 1,06%
Qidirish
Nikoh shartnomalarini tasdiqlash tartibi belgilandi

Nikoh shartnomalarini tasdiqlash tartibi belgilandi

Nikoh shartnomalarini tasdiqlash tartibi belgilandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Notariuslar tomonidan nikoh shartnomalarini tasdiqlash tartibi to‘g‘risida”gi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Nizomga ko‘ra, notariuslar tomonidan nikoh shartnomasi notarial idora binosida, videokonferensaloqa orqali yoki murojaat qiluvchilarning xohishiga ko‘ra sayyor tartibda rasmiylashtiriladi.

Murojaat qiluvchi shartnomani rasmiylashtirish uchun notarial idoraga o‘zi kelib murojaat qiladi yoki YAIDXP (my.gov.uz) yoxud “E-notarius.uz” axborot portali orqali ro‘yxatdan o‘tadi.

Notarius murojaat qiluvchi(lar)ning shaxsiga aniqlik kiritadi.

Shartnomani tasdiqlashda notarius quyidagilarni aniqlaydi:

  • taraflarning nikoh yoshiga yetganligini;
  • taraflar o‘rtasida nikoh tuzilgan yoki tuzilmaganligini;
  • taraflardan birining boshqa shaxs bilan nikohi qayd etilmaganligini;
  • ilgari shartnoma tuzilmaganligini.

To‘lovlar amalga oshirilib, shartnoma loyihasi to‘liq tayyor bo‘lgandan so‘ng, taraflar shartnomani imzolash uchun notarius huzuriga bir vaqtda taklif etiladi.

Shartnomaning barcha nusxalarini taraflar familiyasi, ismi va otasining ismini to‘liq yozib notarius ishtirokida shaxsan imzolaydilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling