Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Nigina Gaibbayeva Mingbuloq tumani prokurori etib tayinlandi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Nigina Gaibbayeva Mingbuloq tumani prokurori lavozimiga tayinlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyrug‘iga muvofiq, adliya maslahatchisi Nigina Gaibbayeva Mingbuloq tumani prokurori lavozimiga tayinlandi.
Ushbu tayinlovga qadar u Namangan viloyati prokuraturasida bo‘lim boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib, tegishli yo‘nalish uchun masʼul bo‘lgan.