Valyuta kurslari 08/01/2026
$1 – 12033.28
UZS – 0,54%
€1 – 14060.89
UZS – 0,29%
₽1 – 149.30
UZS – 1,06%
Qidirish
Nestlé O'zbekistonda cheklangan miqdordagi bolalar ovqatini ixtiyoriy ravishda qaytarib oladi

Nestlé O'zbekistonda cheklangan miqdordagi bolalar ovqatini ixtiyoriy ravishda qaytarib oladi

Nestlé O'zbekistonda cheklangan miqdordagi bolalar ovqatini ixtiyoriy ravishda qaytarib oladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — "Nestle Food" MCHJ XK O‘zbekiston Respublikasi hududida bolalar oziq-ovqat mahsulotlarining cheklangan miqdorini - tez eruvchan sutli va nordon sutli quruq aralashmalarini, shuningdek aminokislotalari asosidagi maxsus dietik davolash uchun quruq aralashmani ayrim partiyalarini ixtiyoriy ravishda qaytarmoqda.

Ushbu mahsulotlarni qaytarib olish amaliyoti ehtiyot chorasi sifatida amalga oshiriladi va tashqi yetkazib beruvchidan xomashyo (araxidon kislotasi) tarkibida sereulid toksini mavjudligi ehtimoliy xavfi aniqlanganligi sababli Nestlé tomonidan amalga oshiriladigan bolalar oziq-ovqat mahsulotlarining muayyan turkumlarini global ixtiyoriy qaytarib olish choralarining bir qismidir.

Ushbu ingrediyentning minimal tarkibi va O‘zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi sereulid toksini miqdorining me’yorlashtirilmaganligiga qaramay, Nestlé kompaniyasining potensial xavflarni kamaytirish bo‘yicha global yechimi doirasida "Nestle Food" MCHJ XK 2026-yil 5-yanvardan boshlab bolalar oziq-ovqat mahsulotlarining cheklangan partiyalarini ixtiyoriy ravishda qaytarib olish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshira boshladi.

Mahsulotni qaytarib olish to‘g‘risidagi qaror ehtiyot chorasi sifatida va kompaniyaning qat’iy sifat va xavfsizlik protokollariga muvofiq qabul qilindi.

"Nestle Food" MCHJ XK regulyatorni xabardor qildi va regulyator, iste’molchilar va mijozlarga kompaniya tomonidan O‘zbekiston bozorida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida barcha zarur ma’lumotlarni taqdim etishga tayyor.

Ko‘rsatib o‘tilgan mahsulotlarnining partiyalarini sotib olgan iste’molchilar ularni Nestle Food MCHJ XK tomonidan belgilanadigan tartibda qaytarishlari mumkin va iste'molchilar e'tiboriga quyidagi havolalarda https://www.instagram.com/nestle_baby_uzbekistan/ va Nestlé Baby Uzbekistan | Tashkent | Facebook taqdim etiladi.

Iste’molchilar salomatligi va xavfsizligi kompaniyaning asosiy ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi.

 

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling