Valyuta kurslari 27/03/2026
$1 – 12179.87
UZS – 0,07%
€1 – 14079.93
UZS – -0,27%
₽1 – 148.52
UZS – -0,85%
Qidirish
Navoiyuran va Cauldron Energy hamkorlikni mustahkamlamoqda

Navoiyuran va Cauldron Energy hamkorlikni mustahkamlamoqda

Navoiyuran va Cauldron Energy hamkorlikni mustahkamlamoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Navoiyuran bosh direktori direktori Djamal Fayzullayev Avstraliyaning  “Cauldron Energy” kompaniyasi bosh ijrochi direktori Djonatan Fisher bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Muloqot davomida 2025-yilda Sidney shahridagi xalqaro forum doirasida asos solingan o‘zaro munosabatlar qisqa vaqt ichida amaliy bosqichga ko‘tarilganligi ta’kidlandi.

Hamkorlik doirasida muntazam muloqotlar, kelishuvlar va o‘zaro anglashuv memorandumi imzolanib, bu hamkorlikning mustahkam poydevoriga aylandi.

Uchrashuv esa ikki tomonlama ishonchni yanada kuchaytirib, yangi istiqbolli loyihalarga yo‘l ochmoqda. Avstraliyadagi kelgusida uran qazib olish sohasida qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Tashrif dasturi doirasida korxona faoliyati,  ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishish ko‘zda tutilgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling