Valyuta kurslari 11/06/2025
$1 – 12674.37
UZS – -0,3%
€1 – 14470.33
UZS – -0,37%
₽1 – 161.23
UZS – 0,08%
Qidirish
Iqtisod 10/06/2025 Navoiyga 42 ta zamonaviy YUTONG avtobuslari olib kelindi

Navoiyga 42 ta zamonaviy YUTONG avtobuslari olib kelindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Davlatimiz rahbarining 2023-yil 16-fevraldagi PQ–59-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida Navoiy shahrida aholiga sifatli jamoat transporti xizmati ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda.

1-bosqichda joriy yilning aprel oyida Xitoydan olib kelingan 18 dona zamonaviy avtobuslarning “Navoiy” avtovokzali – viloyat Avtoyo‘l boshqarmasi” va Tinchlik qo‘rg‘oni – "Malika" avtostansiyasi yo‘nalishida brutto-shartnoma asosida qatnovi yo‘lga qo‘yilgan edi.

2-bosqich doirasida kuni kecha viloyatga 42 dona YUTONG avtobuslari olib kelindi.

Mazkur avtobuslar Karmana tumani markazi va Navoiy shahri barcha ko‘chalarini qamrab oluvchi yo‘nalishlarda harakatlanishi tashkil etiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling