Valyuta kurslari 07/01/2026
$1 – 11968.59
UZS – 0,14%
€1 – 14020.01
UZS – 0,4%
₽1 – 147.74
UZS – -0,05%
Qidirish
Navoiy viloyatida yo‘lovchi avtobus ag‘darildi, ikki kishi halok bo‘ldi

Navoiy viloyatida yo‘lovchi avtobus ag‘darildi, ikki kishi halok bo‘ldi

Navoiy viloyatida yo‘lovchi avtobus ag‘darildi, ikki kishi halok bo‘ldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Navoiy viloyati Tomdi tumanida 5 yanvar kuni soat taxminan 07:40 da yo‘lovchi avtobus ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deb xabar berdi viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati.

YTH A-379 «Navoiy — Uchquduq» avtomobil yo‘lining 167–168-kilometrlarida, “Tomdibuloq” mahallasi hududidan o‘tuvchi qismida ro‘y bergan. Idora maʼlumotlariga ko‘ra, Zhong Tong rusumli avtobusda 47 nafar yo‘lovchi bo‘lgan.

17 yillik haydovchilik tajribasiga ega Sh. X. «Zarafshon — Navoiy» yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan vaqtda transport vositasini boshqara olmay qolgan.

Natijada avtobus yo‘l qatnov qismidan chiqib ketib, ag‘darilgan.

Hodisa joyida ikki nafar yo‘lovchi halok bo‘lgan, yana to‘qqiz nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Hozirda mutaxassislar avariya sabablarini o‘rganishni davom ettirmoqda, jabrlanganlarga va ularning oilalariga zarur yordam ko‘rsatilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling