Valyuta kurslari 28/01/2026
$1 – 12128.02
UZS – 0,25%
€1 – 14419.00
UZS – 0,46%
₽1 – 158.52
UZS – -0,08%
Qidirish
Navoiy viloyatida noqonuniy ravishda oltin qazib olish va qayta ishlash bilan shug‘ullangan jinoiy guruh to‘xtatildi

Navoiy viloyatida noqonuniy ravishda oltin qazib olish va qayta ishlash bilan shug‘ullangan jinoiy guruh to‘xtatildi

Navoiy viloyatida noqonuniy ravishda oltin qazib olish va qayta ishlash bilan shug‘ullangan jinoiy guruh to‘xtatildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — DXX Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari tomonidan davlat zaxirasidagi yerlarda noqonuniy oltin qazib olish va uni kimyoviy qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchilar faoliyatiga chek qo‘yish maqsadida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Xususan, noqonuniy oltin savdosiga ixtisoslashgan uyushgan jinoiy guruh xorijiy davlat fuqarolarini jalb qilgan holda soliq, geologiya, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi qator qonunchilik talablariga zid ravishda faoliyat yuritishgan.

Jinoiy guruhga Karmana tumanidagi sport sohasiga ixtisoslashgan MCHJ rahbari boshchilik qilgan.

O‘tkazilgan tadbirda qonunbuzarlardan 17,2 kg oltin va kumush qorishmasi, 20 kg yarim tayyor oltin mahsuloti, tarkibida oltin zarralari bo‘lgan 250 kg boyitilgan ko‘mir hamda 280 tonnadan ortiq qum va rudalar, 230 litr maxsus kimyoviy vositalar, oltinni ajratib olishga mo‘ljallangan laboratoriya va jihozlari, maxsus idishlar, gaz ballonlar hamda boshqa asbob-uskunalar ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.

Uyushgan jinoiy guruh tomonidan oltinni ajratib olish uchun sunʼiy yaratilgan 4 ta hovuz kimyoviy vositalar bilan to‘ldirilib, 1 gektar yer sanoat ishlab chiqarish maydoniga aylantirilgan.

Hozirda ashyoviy dalillar ekspertizaga yuborilib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling