Valyuta kurslari 16/02/2026
$1 – 12220.98
UZS – -0,44%
€1 – 14495.30
UZS – -0,66%
₽1 – 158.38
UZS – -0,45%
Qidirish
Navoiy viloyati barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriladi

Navoiy viloyati barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriladi

Navoiy viloyati barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “2026 yilda Navoiy viloyatini barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, Navoiy viloyatini 2026 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

yalpi hududiy mahsulot hajmi yillik o‘rtacha 7,9 foizga, sanoat 7,8 foizga, bozor xizmatlari 15,6 foizga, qishloq xo‘jaligi 5,7 foizga o‘sishini taʼminlash;

viloyatni kambag‘allik va ishsizlikdan holi hududga aylantirish hamda aholi daromadlari barqaror o‘sishini taʼminlash, 4,5 ming nafar aholini mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitish;

Karmana ko‘chasini renovatsiya asosida milliy uslubdagi madaniy, turizm va xizmat ko‘rsatish markaziga aylantirish maqsadida:

Qosim shayx xonaqohi va Mirsaid Bahrom tarixiy ziyoratgohlari restavratsiya qilingan holda o‘zaro bog‘lanadai;

“Yangi avlod” istirohat bog‘i va “Karmana dehqon bozori” bilan uyg‘unlashtirgan holda “Qadimiy Karmana” turistik markazi (turistik markaz) tashkil qilinadi.

Qarorga ko‘ra, 2026 yilda Navoiy viloyatida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholining daromadini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish, loyihaviy yondashuv asosida ixtisoslashuvni chuqurlashtirish maqsadida:

“Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” maqomi berilgan 8 ta qishloq tumanidan tanlab olingan 16 ta mahallada shahar muhiti va qulay yashash sharoitlari yaratiladi;

og‘ir toifadagi Konimex va Navbahor tumanlari hamda kambag‘allik darajasi yuqori bo‘lgan 12 ta og‘ir toifadagi mahallada aholi yashashi va tadbirkorlik faoliyati uchun qulay muhit yaratishga qaratilgan kompleks infratuzilmaviy va ijtimoiy-iqtisodiy chora-tadbirlar amalga oshiriladi;

viloyatdagi 40 ta mahallani ixtisoslashtirish uchun ushbu mahallalarga 60 ta tik quduq qazish, transformator o‘rnatish, elektr tarmog‘i tortish va sug‘orish tarmoqlarini betonlash tadbirlari amalga oshiriladi.

2026–2027 yillarda Navoiy viloyatida tuyachilik va yilqichilik tarmog‘ini rivojlantirish maqsadida xorijiy davlatlardan sut va go‘sht yo‘nalishidagi zotli tuya va otlar olib kelinadi.

Grant mablag‘larini jalb etgan holda aholi va chorvachilik xo‘jaliklaridagi mavjud mayda shoxli mollar 2026–2027 yillar davomida to‘liq identifikatsiya qilinadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling