Valyuta kurslari 20/02/2026
$1 – 12169.41
UZS – 0,3%
€1 – 14359.90
UZS – -0,0%
₽1 – 158.95
UZS – -0,09%
Qidirish
Navoiy va Toshkent shaharlarida qalbaki valyutalarning muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi

Navoiy va Toshkent shaharlarida qalbaki valyutalarning muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi

Navoiy va Toshkent shaharlarida qalbaki valyutalarning muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida Navoiy shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Turkiya davlatidan Qirg‘iz Respublikasi orqali mamlakatimizga olib kelingan qalbaki AQSH dollari savdosi bilan shug‘ullanganlar qo‘lga olindi.

Jumladan, Namangan shahrida yashovchi, 1984 y.t. shaxs o‘zining jinoiy sherigi bo‘lgan – 1972 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan, hozirda Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi, muqaddam bir necha marotaba sudlangan fuqaro bilan o‘zaro til biriktirib, 100 AQSH dollari kupyuradagi, qalbaki 19900 AQSH dollarini xaridorga 14000 AQSH dollariga sotgan vaqtlarida ularning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yildi.

Hozirda oson boylik orttirishni ko‘zlagan qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 176-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Toshkent shahrida qayd etilgan holatda esa, Namangan viloyatining Chust tumanida yashovchi, 1997 y.t. shaxs poytaxtlik fuqaroning ishonchiga kirib, uni aldab, go‘yoki qalbaki bo‘lgan 100 AQSH dollari kupyurali 10 ming AQSH dollari, 100 ming so‘m kupyurali 10 mln so‘m va 50 ming so‘m kupyurali 5 mln so‘m pullarni haqiqiy 5500 AQSH dollariga sotishini aytadi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan poytaxt hududida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, u pul vositasi hisoblanmaydigan kupyuralarni 5500 AQSH dollariga sotmoqchi bo‘lgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling