Navoiy va Oybek nazorat-o'tkazish punktlarida zargarlik buyumlari importi to'xtatildi

Navoiy va Oybek nazorat-o'tkazish punktlarida zargarlik buyumlari importi to'xtatildi

Navoiy va Oybek nazorat-o'tkazish punktlarida zargarlik buyumlari importi to'xtatildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Navoiy va Oybek bojxona nazorat-o'tkazish punktlarida zargarlik buyumlarining noqonuniy olib o'tilishi aniqlandi. Qoidabuzarliklar zamonaviy texnik nazorat uskunalari yordamida tekshiruvlar davomida qayd etildi.

“Navoiy” chegara bojxona posti orqali piyoda kirib kelgan fuqaro “Body scanner” orqali tekshirilganda, oyoq qismiga yashirilgan holda 53 ta paketga o‘ralgan, umumiy og‘irligi 190 gramm bo‘lgan zargarlik buyumlari fosh etildi.

Yana bir holatda “Oybek” chegara bojxona postida fuqaro “Body scanner” rentgen qurilmasi orqali tekshirilganda, jinsiy aʼzosiga yashirilgan, deklaratsiyada ko‘rsatilmagan 180,8 gramm zargarlik buyumlarini olib o‘tayotgani aniqlandi.

Shuningdek, mazkur postda yana bir fuqaroning qo‘l yuklari ko‘zdan kechirilganda, deklaratsiyada ko‘rsatilmagan 57,93 gramm zargarlik buyumlari borligi maʼlum bo‘ldi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, aniqlangan zargarlik buyumlarining umumiy qiymati 525 mln so‘mni tashkil etmoqda. Hozirda barcha holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling