Valyuta kurslari 19/12/2025
$1 – 12021.61
UZS – -0,32%
€1 – 14092.93
UZS – -0,26%
₽1 – 150.44
UZS – 0,25%
Qidirish
Navoiy universiteti xodimi 35 million so'm pora olayotgani uchun hibsga olindi

Navoiy universiteti xodimi 35 million so'm pora olayotgani uchun hibsga olindi

Navoiy universiteti xodimi 35 million so'm pora olayotgani uchun hibsga olindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Korrupsiyaga qarshi kurashish doirasida Davlat xavfsizlik xizmatining Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Jumladan, Navoiy davlat universitetining mansabdor xodimi ushbu taʼlim dargohining o‘quv xonalarini taʼmirlab bergan masʼuliyati cheklangan jamiyatga xizmat haqi sifatida to‘lanishi lozim bo‘lgan 189 mln so‘m pul mablag‘ini MCHJ hisob raqamiga o‘tkazib berish evaziga taʼmagirlik yo‘li bilan 35 mln so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Taʼkidlash lozimki, mazkur mansabdor shaxs muqaddam sudlangan bo‘lsada, o‘z xatosidan to‘g‘ri xulosa chiqarmagan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling