Valyuta kurslari 14/01/2026
$1 – 12048.04
UZS – -0,42%
€1 – 14062.47
UZS – -0,51%
₽1 – 153.28
UZS – -0,35%
Qidirish
Navoiy kon-metallurgiya kombinati 2025 yilda ishlab chiqarish hajmini 44 foizga oshirdi

Navoiy kon-metallurgiya kombinati 2025 yilda ishlab chiqarish hajmini 44 foizga oshirdi

Navoiy kon-metallurgiya kombinati 2025 yilda ishlab chiqarish hajmini 44 foizga oshirdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yilda «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJ tomonidan jami 135,6 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi, bu 2024 yil ko‘rsatkichidan 44,4 foizga yuqori.

Oltin qazib olish hajmi 3,1 million unsiyadan oshdi, bu esa o‘tgan yilga nisbatan 2,1 foizga ko‘pdir. Hisob-kitoblar bir unsiya oltin narxi 3 579,8 AQSH dollari asosida amalga oshirilgan.

Investitsiya dasturi doirasida korxona 561 million AQSH dollarini o‘zlashtirdi, bu esa 2 628 ta yangi ish o‘rni yaratilishiga imkon berdi.

Lokalizatsiya dasturi orqali 1,4 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi, tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasi esa 7,3 trln so‘mdan ortiq qiymatda tovar va xizmatlar xarid qilinishiga xizmat qildi.

Ushbu ko‘rsatkichlar ishlab chiqarishning barqaror o‘sishini hamda korxonaning iqtisodiy salohiyati yana-da mustahkamlanib borayotganini ko‘rsatadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling